Biz haqimizda
Taklifxona — oilaviy marosimlar uchun onlayn taklifnomalar. Toshkentda yaratilgan.
Taklifnomani bir necha daqiqada, dizayner va bosmaxonasiz tayyorlab, mehmonlarga bitta havola bilan yuborish mumkin bo‘lsin — shu maqsadda ishlaymiz. Mehmon havolani ochadi: ismlar, sana, manzil, xarita, musiqa — hammasi bitta sahifada.
Qoidalarimiz
- Yaratish bepul — to‘lov faqat taklifnomani e‘lon qilganda.
- Narx oldindan ko‘rinadi, oylik to‘lov yo‘q.
- Havola 1 yil ochiq turadi, e‘lon qilingandan keyin ham tahrirlaysiz.
- Ma‘lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.
Kim yuritadi
Xizmatni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs Gulmuxammedov Shoxriyor Hamidovich yuritadi. Shartlar ommaviy ofertada, ma‘lumotlar bilan qanday ishlashimiz maxfiylik siyosatida yozilgan.
Bog‘lanish
- Telegram
- @taklifxona_admin
- Telefon
- +998 94 737 43 73